Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Ajdodlarni qadrlash - muqaddas qadriyat”


2021-yil  8-may kuni Urganch davlat universitetida  9-may – “Xotira va qadrlash kuni”  munosabati bilan “Ajdodlarni qadrlash – muqaddas qadriyat” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi. 
Universitetning San`atshunoslik, Filologiya, Pedagogika hamda Xorijiy filologiya fakultetlari hamkorligida o`tkazilgan  mazkur tadbirda rektor Bahrom Abdullayev boshchiligida fakultet dekanlari, professor-o`qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.   
Tadbirni universitet rektori B.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berib, barchani bayram bilan tabrikladi.  Shuningdek, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz faxrimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 
Shundan so‘ng, tadbirni asosiy qismi boshlandi va talabalar tomonidan sahnalashtirilgan Ikkinchi jahon urushiga oid sahna ko‘rinishlari  va kuy-qo‘shiqlar, vatanni ulug`lovchi she`rlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 
Tadbir davomida universitetda ko`p yillar faoliyat yuritib, mehnati singan faxriy ustozlar yodga olindi. 

Ulashish