Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Taniqli adabiyotshunos Hamdam Abdullayevga bag'ishlangan yubiley tadbiri bo'lib o'tdi

Urganch davlat universiteti “Madaniyat saroyi”da taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdullayev Hamdam Jumaniyozovichning 80 yoshga to'lishi munosabati bilan yubiley tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari S.K.Solayev o'zining tabrik so'zi bilan ochdi. So'ngra, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev so'zga chiqdi va Abdullayev Hamdam Jumaniyozovichga universitet jamoasi nomidan esdalik sovg'ani topshirdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi ta'lim va fan, madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati bo'yicha mas'ul tashkilotchisi M.R.Rahimova, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G.Ibodullayeva, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari G'.Majid, o'zlarining ma'ruzalari bilan qatanashib, Hamdam Abdullayevni qutladilar. Barcha  Abdullayev Hamdam Jumaniyozovichni tabarruk 80 yoshi bilan muborakbod etib, ilmiy ijodi bardavom bo'lishlariga tilakdosh ekanliklarini bildirdilar.

Ulashish: