Sharipov Rasulbek Axmedovich – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Matematik tahlil kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. U o‘zining ilmiy izlanishlarini matematik analiz, ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, α-subgarmonik funksiyalar, m-subgarmonik funksiyalar, m-qavariq funksiyalar sinfida potensiallar nazariyasiga oid dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlagan. Uning ilmiy ishlari zamonaviy matematik analiz yo‘nalishidagi nazariy masalalarni yechishga qaratilgan bo‘lib, xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda bir qator maqolalari chop etilgan. R.A.Sharipov bakalavr va magistratura talabalari uchun matematik analiz, kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, Oqimlar va m-subgarmonik funksiyalar nazariyasi fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi hamda yosh tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qiladi.
Hodim haqida ma'lumot (PDF)