Close
Skip to main content

Urganch davlat universitetining 6 ta yoʻnalishi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtdi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi yetakchi xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri boʻlgan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan Germaniyaning xalqaro ASIIN akkreditatsiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 2025-yil noyabr oyida ushbu tashkilot tomonidan akkreditatsiya jarayoni tashkil qilindi. 2026-yil 17-aprel kuni ASIIN tashkiloti Akkreditatsiya komissiyasining umumiy xulosasi taqdim etildi. Unga koʻra, Urganch davlat universitetining tekshiruvdan o'tkazilgan barcha taʻlim dasturlari ijobiy deb baholandi.

Kod Yo'nalish / Mutaxassislik nomi Bosqich Sertifikat
60540100 Matematika Bakalavr Yuklab olish
60540200 Amaliy matematika Bakalavr Yuklab olish
60530500 Fizika Bakalavr Yuklab olish
70540101 Matematika Magistratura Yuklab olish
70530501 Fizika Magistratura Yuklab olish
70540202 Matematik injiniring Magistratura Yuklab olish

Mazkur natija oliy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro talablar asosida kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.