Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



TADBIR


Bo'lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash — davr talabi!

✅Bugun, 16-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O'zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasi Xorazm viloyati tashkiloti tomonidan "Korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi doirasida "Bo'lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash — davr talabi" mavzusida tadbir o'tkazildi.

➡️Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlik guruhi rahbari S.Sodiqov, "Adolat" SDP Markaziy apparati Tashkiliy-partiyaviy, axborot-tahlil va nazorat boshqarma boshlig'i E.Komilov, UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova, universitet inspektori M.Bobojanov va boshqa mehmonlarning "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar", "Halollik vaksinasining ta'lim sohasidagi o'rni", "Korrupsiyani oldini olish" kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

➡️Uchrashuvda korrupsiya bilan murosasiz kurashish lozimligi, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va qonun oldida javobgarlik prinsplari hamda mamlakatimizda "Korrupsiyasiz soha" doirasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar xususida tushuntirishlar berildi. 

Ulashish