Close
Skip to main content

“Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

Dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:

  • — “Tadbirkorlikka ilk qadam”
  • — “Biznes start”
  • — “Biznes progress”
  • — “Talaba invest”
  • — “Mening birinchi kasbim”

Ushbu loyihalar orqali:

  • biznesni boshlash va kengaytirish
  • kasb egallash va malaka oshirish
  • yangi ish o‘rinlari yaratish
  • xorijda o‘qish va tajriba orttirish

imkoniyatlari yaratilgan.

Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!

Batafsil: nbu.uz  |  (78) 148 00 10

2025-yil 14-fevral kuni davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti chog‘ida yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan uchta muhim qaror qabul qilganini ta’kidlab, jumladan, ta’lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ma’lum qilgan edilar.

Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "Kelajakka qadam" markazi ochildi. "Kelajakka qadam" markazi bitiruvchi-yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malaka va ko‘nikmalar bilan ta'minlash, shuningdek, amaliy tajriba orttirish, stajirovka, talabalar amaliyot o‘tash, kelgusida o‘z kasbiy faoliyatini boshlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ish bilan ta'minlashga qaratilgan.

Bitiruvchi talabalarining "Start up" loyihalari Urganch davlat universitetidagi “Kelajakka qadam” markazi orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
"Kelajakka qadam" dasturining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari sahifalariga quyidagi QR-kod orqali o‘tish mumkin.