Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"O'zbekiston Respublikasining yoshlar tashkilotlari bilan do'stlik telemosti"


        Bugun, 5-may kuni Astraxan davlat texnika universitetida "O'zbekiston" o'zbek madaniyatini saqlash va rivojlantirish bo'yicha mintaqaviy jamoat tashkiloti bilan hamkorlikda "O'zbekiston Respublikasining yoshlar tashkilotlari bilan do'stlik telemosti" mavzusida tadbir o'tkazildi.Davra suhbatida Rossiya va O'zbekiston universitetlari vakillari, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti Rus tili yo'nalishining bir qator professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.Uchrashuvdan asosiy maqsad xalqimizning 1941-1945-urush yillaridagi mardlik va jasoratini yodga olish, tinchlik va barqarorlikning qadriga yetishini yosh avlod qalbiga singdirish, tarixiy xotirani asrash hamda vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirishdan iborat.

Ulashish