Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Maria Candida Ghidini bilan mahorat darslari olib borilmoqda


           Bugun, 6-may kuni Italiya Respublikasining Parma universiteti professori Maria Candida Ghidini Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning ilk kunidan Filologiya va san’at fakulteti talabalariga mahorat darslari

o'tkazilib, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonlari boshlandi. Mahorat darslari joriy yilning 11-may kuniga qadar prof. M.Ghidini tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari va Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti) mutaxassisligi

magistrantlari uchun olib boriladi.Hamkorlik doirasida rus adabiyoti bo‘yicha ma’ruzalar, Parma universitetidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha taqdimotlar, ta'lim jarayonlarini samarali yo'lga qo'yish maqsadida mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ulashish