Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili kuzgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda


Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili kuzgi semestri bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.

Imtihon jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha auditoriyalarda ochiq ovozli video-kuzatuv kameralari orqali doimiy monitoring olib borilmoqda: https://live.urdu.uz/  . Qolaversa, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan jarayonlar doimiy nazorat qilib borilmoqda. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 452-son buyrug‘iga muvofiq, yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh hamda nazorat ishlarini baholovchi tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat tarkib shakllantirilgan. Imtihonlar belgilangan tartib va talablar asosida, qat’iy nazorat ostida o‘tkazilmoqda.

Talabalar diqqatiga!
Imtihon jadvalida ko‘rsatilgan vaqt rasman boshlanganidan so‘ng kechikib kelgan talabalar imtihonga kiritilmaydi. Shuningdek, imtihon jarayoniga uyali aloqa vositalari, mikroquloqchinlar hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan boshqa texnik vositalarni olib kirish qat’iyan taqiqlanadi. Mazkur qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, talaba imtihondan chetlashtiriladi.

Aziz talabalar, imtihonlarga belgilangan vaqtda, mas’uliyat bilan yetib kelishingizni so‘raymiz.

Ulashish