Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



#Dolzarb_90_kun


Bugun, 12-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti talaba-yoshlari bilan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida “Korrupsiya ko‘rinishlari va uning salbiy oqibatlari” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 

Tanlov jarayonida talaba-yoshlar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, korrupsiyaga qarshi kurashish yo'llari borasidagi o’z fikr-mulohazalarini ranglar va tasvirlar orqali ifodalashdi.

Ushbu tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish, ularda halollik va adolatparvarlik qadriyatlarini shakllantirishdan iborat.

Ulashish