Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Seminar-trening


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “AELLCA” dasturining “Ambassadors for Inclusion – creating an Inclusion in ELT module” loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘z ishini boshladi.

20–23-yanvar kunlariga mo‘ljallangan mazkur seminar-treninglar “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni rivojlantirish. Inklyuziv taʼlim targ‘ibotchilari — ingliz tilini o‘qitishda inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan modul yaratish” mavzusiga bag‘ishlangan. Treninglarda ma’ruza qilish uchun Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti professorlari Barbara Skinner hamda Hoeritzauer Franz Josef, shuningdek,  Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunuli  nomidagi Kostanay davlat universiteti Yelena Kandalina Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. 

Tadbir avvalida mehmonlarni kutib olish marosimi tashkil etildi.

Ulashish