Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda “AELLCA” dasturining “Ambassadors for Inclusion – creating an Inclusion in ELT module” loyihasi doirasida seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “AELLCA” dasturining “Ambassadors for Inclusion – creating an Inclusion in ELT module” loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘z ishini boshladi.

20–23-yanvar kunlariga mo‘ljallangan mazkur seminar-treninglar “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni rivojlantirish. Inklyuziv taʼlim targ‘ibotchilari — ingliz tilini o‘qitishda inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan modul yaratish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Treninglarda ma’ruza qilish uchun Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti professorlari Barbara Skinner hamda Hoeritzauer Franz Josef, shuningdek,  Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunuli  nomidagi Kostanay davlat universiteti Yelena Kandalina Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. 

Dastlab seminar-treninglarning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov ishtirok etib, seminarni rasman ochib berar ekan, bunday xalqaro tadbirlar nafaqat ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish jarayonlarini yanada rivojlantirishga, balki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga ham muhim hissa qo‘shishini alohida ta’kidladi.

Ayni paytda seminar doirasida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti professorlari Barbara Skinner va Hoeritzauer Franz Josef tomonidan “Ingliz tilini o‘qitishda inklyuziyani anglash: milliy va mahalliy darajadagi muammolar, modul mazmuni” mavzusida trening o‘tkazilmoqda.

Trening davomida zamonaviy inklyuziv ta’lim yondashuvlari, darslarni barcha talabalar uchun moslashtirish strategiyalari va modul mazmunini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Ulashish