Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy burchimiz!


✔️Bugun, 9-sentabr kuni Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida talabalarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

➡️Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi S. Sa’dullayev ishtirok etdi va talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, uning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning o‘rni va faolligi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi va mavzu yuzasidan zarur bilimlarga ega bo‘lishdi. 

Ulashish