Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Komplayens tizimi: 1-bosqich talabalarining huquqiy bilimlari mustahkamlanmoqda


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida turli korrupsion holatlar va uning salbiy oqibatlari haqida yoshlar o‘rtasida tushintirishlarni kengaytirish, shuningdek, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam ravishda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

✔️Bugun, 11-sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shihova Xorijiy filologiya fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi.  

➡️Muloqot davomida yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish, universitet korrupsiyaga qarshi siyosatining mazmun-mohiyatini singdirish, mavjud ichki nazorat mexanizmlari, shuningdek, Komplayens bo‘limi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Talaba-yoshlar "Halollik vaksinasi" bilan emlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarda halollik, qonuniylik va mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Ulashish