Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Aksilkorrupsiya haftaligi”


✅Urganch davlat universitetida “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, ularning huquqiy ong va mas’uliyatini oshirishga qaratildi. 

Uchrashuvda Yoshlar yetakchisi M.Yaqubov, Profilaktika inspektori, leytenant M.Bobojonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat tizimini boshqarish” bo‘limi bosh mutaxassisi D.Normetova, Tyutorlar kengashi raisi R.Matchanov ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning salbiy ijtimoiy ta’siri, undan himoyalanish yo‘llari, komplayens tizimining mazmuni va amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, mutaxassislar esa ochiq va tushunarli tarzda javob berdilar. 

Ulashish