Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi


✅Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bugun, 2-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirokida 3-kurs Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan navbatdagi ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, har bir fuqaroning korrupsiyaga qarshi kurashdagi mas’uliyati, ta’lim tizimidagi shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish zaruriyati keng tushuntirildi.

Talabalarga korrupsion holatlarining oldini olish, noxolis vaziyatlarga duch kelganda qanday yo‘l tutish, murojaat kanallari va amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ulashish