Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida 30-yanvar kuni 432-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Babaniyazova Oydin Allaberganovnaning “Yozish ko‘nikmasini rivojlantirishda DeepDreamGenerator ilovasidan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada chet tili ta’limida yozma nutqni rivojlantirishda vizual materiallarning ahamiyati, xususan, DeepDreamGenerator ilovasi yordamida yaratilgan ijodiy tasvirlardan foydalanish metodikasi batafsil yoritib berildi. Ushbu ilova orqali hosil qilingan tasvirlar talabalarda tasavvur va ijodiy fikrlashni faollashtirib, yozma nutq uchun samarali motivatsion vosita bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Seminar yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari  mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar savol-javoblar hamda qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Ulashish