Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Gyote-instituti direktori bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 2-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Gyote-institutining O‘zbekistondagi filiali direktori Barbara Anna Bernsmeier xonimning tashrifi doirasida universitet rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, Barbara Anna Bernsmeier xonim Gyote-institutining O‘zbekistondagi filialida o‘z faoliyatini endigina boshlagan bo‘lib, tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut hamkorlari bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Gyote-instituti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida 2021-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan “Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish (DLU)” dasturi doirasidagi samarali hamkorlik natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuvdan soʻng, Barbara Anna Bernsmeier xonim Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, kafedra professor-o'qituvchilari hamda talabalari bilan suhbatda bo'ldi.


 


Ulashish