Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Filologiya va san'at fakultetining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi


Bugun, 28-yanvar kuni Filologiya va san'at fakulteti Kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda fakultet dekani, Kengash raisi professor D.G'ayipov hamda Kengash a'zolari ishtirok etdilar.

Kengash yig'ilishida kun tartibiga qo'yilgan masalalar bo'yicha respublikamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, kafedralarda professor-o'qituvchilar tomonidan malaka oshirish rejalarining va ustoz-shogirdlik an'anasi bo'yicha tadbirlarning bajarilishi yuzasidan ma'lumotlar berildi. 

Shuningdek, qutlug' 50 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor A.I.Primov muborakbod etilib, ilm yo'lidagi sa'y-harakatlari e'tirof qilindi.

Ulashish