Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar turar joyida Filologiya va san'at fakulteti dekani, professor D.Q.G'ayipov bilan uchrashuv o'tkazildi


Joriy yilning 2-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti dekani, professor D.Q.G'ayipov 5-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, fakultet talabalari bilan uchrashdi.

Tashrif davomida xonalar ozodaligi, TTJning o'rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya qilinganligi, dars jarayonlariga tayyorlanishda mavjud shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Shuningdek, talabalarning bir-biriga boʻlgan munosabati va muomalasi, tozalik qoidalari xususida so'z yuritildi. Talabalarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlarning kengligi, ularga qaratilayotgan e'tibor yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Ulashish