Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Konferensiya


2026-yilning 7-8 fevral kunlari Dubaydagi Amerika universitetida "Enhancing ELT: Empowering Learners in an AI Inclusive Era" (Ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish: Sun’iy intellekt davrida ta’lim oluvchilarni qo‘llab-quvvatlash) mavzusida nufuzli TESOL konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu xalqaro anjuman zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt va inklyuziv yondashuvlarni integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda pedagogik amaliyotga tatbiq etish mumkin bo‘lgan ko‘plab innovatsion va samarali yechimlar muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Feruza Masharipova o‘zining ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ikkita sessiyasi bilan faol ishtirok etdi. Olimaning "Engaging Learners with Read-Aloud STEM Lessons" (Ovozli o‘qish orqali STEM darslarida o‘quvchilarni jalb qilish) hamda "Empowering English Teachers through TESOL's Six Principles" (TESOLning olti tamoyili orqali o‘qituvchilar salohiyatini oshirish) mavzularidagi taqdimotlari tinglovchilar tomonidan yuqori baholandi va soha mutaxassislari uchun muhim metodologik tavsiyalarni taqdim etdi.

Ulashish