Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Konferensiya


Bugun, 11-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Accelerating English Language Learning in Central Asia”  xalqaro loyihasi doirasida nufuzli konferensiya o‘z ishini boshladi. Mazkur anjuman “Qozog‘iston va O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini barqaror qo‘llab-quvvatlash: L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Baishev universiteti va Urganch davlat universiteti PRESETT tajribasi misolida” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, 11–12-fevral kunlari davom etadi.

Unda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas'ullari va Qozog‘iston Baishev universiteti vakillari hamda Xorijiy filologiya fakulteti professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, inklyuziv yondashuvlarni kengaytirish hamda davlat siyosatida ingliz tilining raqobatbardoshlik omili sifatidagi o‘rnini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Ulashish