Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Konferensiya


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Accelerating English Language Learning in Central Asia” xalqaro loyihasi doirasida o'tkazilayotgan nufuzli konferensiyaning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Kun davomida ishtirokchilar ingliz tilini o‘qitishning samarali usullari, universitet va maktablar hamkorligini kuchaytirish, talaba klublari orqali til o‘rganishni rivojlantirish, inkluziv va xulosaga asoslangan o‘quv baholash tizimlarini joriy etish hamda yuqori samarali pedagogik amaliyotlar bo‘yicha ma’ruzalar tingladi.

Kun davomida ishtirokchilar tomonidan ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy va samarali usullari, universitet va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talaba klublari orqali til o‘rganishni rivojlantirish, inklyuziv ta’lim hamda xulosaga asoslangan baholash tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilinib, turli treninglar tashkil etildi. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan  “Accelerating English Language Learning in Central Asia” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan ikki kunlik xalqaro konferensiya o’z ishini yakunladi. Shuningdek, yuqori samarali pedagogik amaliyotlar bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar va tajriba almashuvlar o‘tkazildi. Ikki kun davom etgan konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur xalqaro loyiha Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ulashish