Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



«Vazir kubogi» musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 27-maydagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha, talaba-qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha «Vazir kubogi» musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  192-sonli buyrug‘i qabul qilingan.

Shunga muvofiq, bugun, 8-oktabr kuni Urganch davlat universitetida “Vazir kubogi” sport musobaqalarining birinchi bosqichiga start berildi va musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi.

Unda barcha fakultetlardan sportga oshno talaba-yoshlar faol qatnashdilar. Ochilish marosimida UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi hamda musobaqalarni ochiq deya eʼlon qildi. 

Shundan soʻng,  qura tashlash orqali jamoalar ketma-ketligi aniqlanib, musobaqalar boshlandi.

urdu.uz, «Vazir kubogi» musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

«Vazir kubogi» musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

«Vazir kubogi» musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Ulashish: