Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Voleybol bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasidagi musobaqada “Vazir kubogi” Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga nasib qildi

Bugun  “Vazir kubogi” sport musobaqasining voleybol bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasidagi baxslar qizgʻin tus oldi. Barcha ishtirokchi talaba-qizlar jamoasining gʻolibligi uchun astoydil harakat qildilar.

Kun davomida bo‘lib o‘tgan musobaqalar natijalariga koʻra kunning ikkinchi yarmida gʻolib jamoalar eʼlon qilindi va universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Sovrinlarni va esdalik sovgʻalarini Birinchi prorektor S.Davletov tantanali topshirdi.

Natijalarga koʻra:

1-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi;
2-o‘rin Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi;
3-o‘rin Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi.

“Vazir kubogi” Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga nasib qildi!

urdu.uz, Voleybol bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasidagi musobaqada “Vazir kubogi” Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga nasib qildi

Ulashish: