Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



BIZ KORRUPSIYASIZ TA'LIM TARAFDORIMIZ

Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan kirish imtihonlarining shaffof va adolatli o'tkazilishi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar, ko'rsatmalar va tushuntirishlar olib borildi.

Urganch davlat universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlariga kirish imtihonlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish  yuzasidan  tavsiyalar,  ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berib borildi.
Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi hamda ularning Internet tarmog‘i orqali to‘g‘ridan—to‘g‘ri efirga uzatilishi  monitoringgi amalga oshirildi.
Kirish imtihonlari jarayonida kuzatuvchi (nazoratchi) sifatida Urganch davlat universitetiga biriktirilgan Vazirlik xodimlari bilan birgalikda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlarining faol ishtirok etmoqdalar.
Kirish imtihonlari jarayonlarida korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan fuqarolar tomonidan murojaat qilinishi uchun Vazirlikning 1006 qisqa raqamli va +998 71 207-18—43 raqamli ishonch telefonlari, shuningdek, anticor@edu.uz va anticorruption@edu.uz elektron pochtalari, @EduAntiCorruptionBot telegram botining uzluksiz ishlab turishi to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Universitetning test sinovlari o‘tkaziladigan binolarida kuzatuv tadbirlarini tashkil etildi. Shuningdek, universitetning "Volontyorlar guruhi" a'zolari tomonidan abituriyentlarning ota-onalari o‘rtasida imtihon jarayonlari, o‘zgarishlar mohiyati, yoshlarning qiziqishlari haqida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Ulashish: