Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida 31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ga bag‘ishlab anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda viloyatimizning qator davlat va jamoat arboblari, tarixchi olimlar, Yozuvchilar uyushmasi aʻzolari, Urganch davlat universiteti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilari, tyutorlari hamda iqtidorli talabalari, shuningdek, sobiq Shoʻro davrida qatagʻon qilingan ayrim yurtdoshlarimizning avlodlari ishtirok etdilar.

Anjumanni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida mardonavor kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatagʻon qilingan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini oʻrganish, targʻib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. 

Anjuman muzey direktori, t.f.n, dots. Y.Raxmanova moderatorligida boʻlib oʻtdi. Unda tadbirga tashrif buyurgan koʻplab mehmonlarning maʼruzalari tinglanib, oʼtganlar xotirlandi.

Konferensiya yakunida Filologiya fakulteti talabalarining sheʼriy chiqishlari namoyish etildi. Shundan soʻng, ishtirokchilar muzeyning nodir kolleksiyasi bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Ulashish: