Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



QATAG'ON QURBONLARI — MANGU XOTIRAMIZDA...

Urganch davlat pedagogika institutida qatag'on qurbonlari xotirasiga bag'ishlab uchrashuv tashkil qilindi hamda "Gujum tagi" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Unda iste'fodagi polkovnik Rustam Raximov o'z ish faoliyati kechinmalari, "Gujum tagi" (Xorazm viloyatida sodir qilingan qatag'onlarda nomsiz ketganlar) nomli kitobining mazmun-mohiyati, kechagi kundan ibrat olish va bugungi tinch zamonni qadrlash kabi bir qator masalalar yuzasidan nutq so'zladi. 

Shuningdek, "Milliy g'oya va falsafa" kafedra dotsenti (PhD) Hakim Saidov "Etnik va ijtimoiy xotira" mavzusida hamda “Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori, dotsent Yulduz Rahmonovalar "Qatag'on qurbonlari — mangu xotiramizda" mavzularida mazmunli ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. 

Ulashish: