Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



#Jinoyatga_jazo_muqarrar

⚖️Joriy yilning 10-oktabr kuni  Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida talaba- yoshlar ishtirokida “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. 

✅Davra suhbatida Urganch shahar prokurori M.Vafoyev hamda Urganch shahar Adliya bo'limi boshlig'i R.Niyazmetov ishtirok etib, mavzu yuzasidan maʼruza qilishdi.  Suhbat jarayonida talabalarni "Jinoyat protsessual kodeksi", " Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks", "Jinoyat  kodeksi" singari huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishtirishdi hamda  talabalarga jinoyat ko'chasiga adashib kirgan shaxslar va jinoyat oqibatlari yuzasidan hayotiy misollar keltirib o'tishdi.

✅Shuningdek, uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi X.Shixova ham ishtirok etib,  korrupsiyaning turlari hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganda qonun oldida javobgarlik mavjudligi haqida soʻz yuritdi, talabalarni ogohlikka chaqirdi.

Ulashish: