Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Korrupsiyasiz hayot — yorqin kelajagimiz mezoni”

✅ Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu yo‘nalishda yoshlarni halollik, adolat, qonuniylik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularda korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

✅ Bugun, 13-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida “Korrupsiyasiz hayot — yorqin kelajagimiz mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Urganch davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari, halollik tamoyillari hamda talabalarning bu jarayondagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Suhbat davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Ulashish: