Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Davra suhbati

✅“Korrupsiyasiz ta’lim” mavzuda davra suhbati o‘tkazildi 

Bugun, 19-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti 2-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova ishtirok etdi va talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Suhbat davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan muhim huquqiy hujjatlar, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida yoshlarga batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, universitetimizda fakultet va bo‘limlar faoliyatini baholashda qo‘llanilayotgan www.feedback.urdu.uz platformasidan foydalanish tartibi, uning afzalliklari haqida so‘z yuritildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ulashish: