Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi”

“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

✅ Bugun Fizika-matematika fakultetining Matematika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashish mexanizmlari, yoshlarning halollik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lishi muhimligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalarning mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Mazkur tadbir talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.

Ulashish: