Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrif buyurdilar.

 Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan muzey eksponatlari, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi faoliyati, shuningdek, el-yurt ozodligi va taraqqiyoti yo'lida kurashgan xorazmlik jadidlar, jumladan, yosh xivaliklar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu fidoyi insonlarning vatanparvarlik faoliyati va ularning bu yo'lda qatag'onga uchragani haqida tushuntirishlar olib borildi. Mazkur tashrif harbiy xizmatchilarning tarixiy   xotira va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini oshirish, hamda, vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashga yordam berdi.

Ulashish: