Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm tarixiga bag‘ishlangan nodir asar taqdimoti o‘tkazildi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Turon” Fanlar akademiyasi faxriy akademigi, taniqli yozuvchi Raximbergan Sapayevning “Qadim Xorazm tarixi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir yurtimizning boy tarixiy merosi, Xorazm vohasining qadimiy sivilizatsiyasi va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy-ma’naviy xazinani chuqurroq anglashga qaratildi. Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar, Urganch davlat universitetining tarixchi olimlari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida “Qadim Xorazm tarixi” asarining ilmiy va ma’rifiy ahamiyati, unda aks etgan tarixiy manbalar, muallifning izlanishlari va yangicha yondashuvlari xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Kitob Xorazm tarixini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, tarixga hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim manba ekani alohida ta’kidlandi.

Ulashish