Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bugun 28-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar boʻlib oʻtdi.


Seminarda kafedra professor-oʻqituvchilari va magistrantlar ishtirok etdi.

         Kafedra o'qituvchisi Samandarova Nilufar Qodirovna "Fransuz tilidagiqatnov fe'llari va ularning o'zbek tilida xoslashuv munosabatlari" mavzusida ma'ruza qildi.

Seminarda fransuz tilidagi qatnov fe’llarining semantik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tilidagi muqobillari bilan xoslashuv munosabatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. Ma’ruzada harakatni ifodalashda fransuz va o‘zbek tillariga xos leksik-grammatik vositalar yoritildi.

         Qatnov fe’llarining tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik farqlar va ularni adekvat ifodalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

         Seminar materiallari qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Ulashish