Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi


Joriy yilning 2-fevral kuni  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida universitet rahbariyati hamda tegishli mas’ullar ishtirokida 7–8-sonli talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida talabalar yashash xonalari, umumiy foydalanishdagi oshxonalar, yuvinish xonalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xonalar va umumiy hududlarda ozodalikka rioya qilinishi, mavjud sharoitlarning holati hamda issiq suv va isitish tizimlarining ishlashi alohida nazoratga olindi. Qish mavsumida talabalar uchun qulay sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar turar joylarida yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ehtiyot choralariga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

O‘rganish yakunida rektor talabalar bilan bevosita muloqot qilib, ularning kundalik muammolari va takliflarini tingladi. Bildirilgan murojaatlar asosida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Talabalar qish mavsumida yanada ehtiyotkor bo‘lishga chaqirildi.










Ulashish