Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bugun 4-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida boʻlib oʻtgan ilmiy-nazariy seminar “Sanskritcha o‘zlashmalarning semantik tahlili” mavzusiga bag‘ishlandi.


Seminarda kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Seminar davomida ma’ruzachi kafedra dotsenti, PhD Jumaniyazova Dilnoza Alimboyevna sanskrit tilidan o‘zlashgan leksik birliklarning kelib chiqishi, semantik taraqqiyoti hamda ularning zamonaviy til tizimidagi o‘rni masalalarini yoritib berdi.

Ma’ruzada sanskritcha o‘zlashmalarning dastlabki ma’nosi va vaqt o‘tishi bilan yuzaga kelgan semantik o‘zgarishlar — ma’no kengayishi, torayishi hamda semantik siljish jarayonlari misollar asosida tahlil qilindi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan qizg‘in fikr almashinuvi olib borilib, sanskritcha o‘zlashmalarni semantik jihatdan o‘rganish tilshunoslikda dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri ekanligi e’tirof etildi.

Ulashish