Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Antikorrupsiya monitoring guruhi” bilan rahbariyat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 5-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Antikorrupsiya monitoring guruhi” a'zolari bilan  universitet rektori v.v.b  S.Xodjaniyazovning uchrashuvi tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida rahbariyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, uning kelib chiqish omillarini barvaqt aniqlash va oldini olish, turli salbiy holatlar hamda jinoyatchilikning profilaktikasida jamoatchilik bilan hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Universitetda bu borada olib borilayotgan ishlar xususida monitoring jamoatchilik guruhiga hisobot berildi. 

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova tomonidan universitetda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar, ichki nazorat mexanizmlari, shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida jamoatchilik monitoring guruhi a’zolarining takliflari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv rahbariyatning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabati, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi qat’iy pozitsiyasi hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarining yaqqol ifodasi sanaladi.

Ulashish