Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bugun 11-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy nazariy seminar boʻlib oʻtdi.


Mazkur seminarda kafedra stajyor-o'qituvchisi Gulimmatova Rashida Samandar qizi “Xorijiy ilmiy manbalarda "Jadidchilar" va "Jadidchilik harakati" talqini” mavzusida ma'ruza qildi.

Seminarda jadidchilik harakatining Germaniyada o‘rganilishi alohida yoritildi. Xususan, Berlin Humboldt universiteti professori Ingeborg Baldauf tadqiqotlarida jadidchilik Markaziy Osiyodagi islohotchilik va modernizatsiya harakati sifatida talqin qilinishi ta’kidlandi. Shuningdek, Leibniz-Zentrum Moderner Orient (ZMO) ilmiy markazi doirasidagi izlanishlarda jadidchilik musulmon jamiyatlaridagi intellektual yangilanish va madaniy transformatsiya jarayoni sifatida baholanishi qayd etildi.

Seminar yakunida mavzu yuzasidan ilmiy munozara tashkil etildi.

Ulashish