Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida O‘quv-uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


28-fevral sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘quv-uslubiy kengashning 3-yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilishda universitet fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Kengash raisi, universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov tomonidan olib borilgan yig‘ilishda ta’lim jarayonining sifatini yanada oshirish, o‘quv-uslubiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Xususan:
•Kompyuter injiniringi fakultetida kurs ishi va kurs loyihalarini bajarish hamda ularga rahbarlik qilish holati;
•Magistratura bo‘limida o‘quv jarayonining kredit-modul tizimi asosida tashkil etilishi;
•Fizika-matematika fakultetida ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ahvoli;
•Xorijiy filologiya fakultetida ilmiy-nazariy va uslubiy seminarlarning o‘tkazilishi;
•Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida yangi o‘quv adabiyotlarini nashr etish rejasining bajarilishi va chop etilgan adabiyotlar holati yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglandi.

Muhokamalar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. 

Ulashish