Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Vazirning birinchi o‘rinbosari Urganch davlat universiteti faoliyatini o‘rgandi


5-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida ishchi guruh xizmat safari bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bo‘ldi.

O‘rganish davomida universitetning Kimyoviy texnologiyalar va Texnika fakultetlaridagi laboratoriya va o‘quv infratuzilmasi, arxitektura loyihalari, avtomobil va transport tizimlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. 

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish o‘tkazilib, oliygohlarda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, profilaktik va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Talabalar taklif va savollariga batafsil javoblar berildi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Ulashish