Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 15-mart kuni Samarqand shahrida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan farmon loyihasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Sirojev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

Dastlab tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektorligiga tayinlangan Feruza Madraximova rektorlar jamoasiga tanishtirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, oliygohlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini kuchaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Muhokamalar jarayonida rektorlar tomonidan qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surilib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim fikrlar bildirildi.

Ulashish