Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishi

PEDAGOGIKA FAKULTETI TALABALARI BILAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

   Oliy ta’lim tizimi - Yangi O‘zbekistonni barpo etuvchi muhim omildir.  Ta’lim tizimi salohiyati qancha baland bo‘lsa, islohotlar maqsadiga erishish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi.  Shu sababdan ta’lim salohiyatiga putur yetkazadigan muammolarni oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi sanaladi. 

▪️Shu munosabat bilan bugun Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim hamda Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishlarining 3-kurs talabalari ishtirokida  “Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

▫️Unda UrDU rektori maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova,  Pedagogika fakulteti dekani A.Xudayberganov  hamda tyutorlar qatnashdilar.

Ochiq muloqotda oliy ta’lim sohasida uchrashi mumkin boʻlgan turli salbiy holatlar, xususan, manfaatlar to‘qnashuvi, plagiatdan foydalanish, bilimlarni baholashdagi tanish-bilishlik, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlar atroflicha tahlil qilindi hamda ularni oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 

Korrupsion holatlar talabalarga nafaqat talabalik davrida balki butun hayoti davomida salbiy oqibatlarga olib kelishi bir necha misollar orqali tushuntirib o’tildi.

Korrupsion holatlarni  oldini olishga qaratilgan qonun va qonunosti  hujjatlari,  “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, savollariga javoblar berildi.

Ulashish: