Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yig'ilish

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2024/2025-yil o‘quv yili bahorgi semestrida talabalarning  o‘qishni ko‘chirishi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda Akademik faoliyatni boshqarish va registrator departamenti, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Buxgalteriya bo‘limi xodimlari va fakultetlardan mas'ul vakillar ishtirok etishdi.

Ushbu seminarda oliy ta’lim muassasalari faoliyatida yuritilayotgan HEMIS va Billing tizimilari  o‘rtasidagi integratsiya  ya’ni o‘zaro bog‘liqlikni yanada mustahkamlash, talabalarning  ichki OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish jarayonini, elektron hijjatlar almashinuvini mukammallashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar borasida tushuntirishlar berildi. 

Bunda HEMIS va Billing tizimlari integratsiyasida talabalarning to‘lov-kantrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va o‘qishni ko‘chirish jarayonidagi transkript hujjatlarini taqdim qilish jarayonini elektronlashtirish borasida qilingan ishlar bo‘yicha yangiliklar universitet xodimlari bilan o‘rtoqlashildi.

Ushbu integratsiya jarayonlari inson omilini kamaytirish, adolatli, shaffof va korrupsion omillarni keltirib chiqaruvchi holatlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olishda muhim ro‘l o‘ynaydi.

Ulashish: