Men, Rustamov Asadbek Quramboy o‘g‘li, 20-avgust kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilganman. 2005-yilda Shovot tumani 42-maktabga o‘qishga kirib, 2014-yilda ushbu maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganman. 2018-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining Kompyuter injiniring yo‘nalishiga o‘qishga kirganman va 2022-yilda mazkur oliy ta’lim muassasasini tamomlab, Muhandis-dasturchi mutaxassisligini egallaganman. 2022-2024-yillarda magistraturada tahsil olganman.
Mehnat faoliyatimni 2024-yilda Urganch Ranch texnologiyada o‘qituvchi sifatida boshlaganman. 2025-yil boshidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdaman.
Kafedradagi faoliyatim davomida kompyuter injiniringi, dasturlash(C++, HTML, CSS, Java), axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlari hamda Sun’iy intellekt va Ma’lumotlar bazasi fanlardan talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boraman. O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman. Shuningdek, kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy ishlarida faol ishtirok etaman. Fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar, amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, test savollari va boshqa o‘quv hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etib kelmoqdaman.