Xakimov Zoxid Abdullayevich – neyrodidaktika, neyropedagogika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi hamda pedagog. U o‘z ilmiy faoliyatini talabalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarning eslab qolish qobiliyatini oshirish, diqqatni bir mavzuga jamlay olish kabi sohalarni tadqiq etishga bag‘ishlagan. Ilmiy izlanishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, eslab qolishing ilg’or usullaridan samarali foydalanadi.
Pedagog sifatida talabalar bilan ishlash, o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishga alohida e’tibor qaratadi. U “Dasturlash asoslari”, “Algoritmik tillar va dasturlash”, “Geoaxborot texnologiyalari”, “Ma'lumotlarning intellektual tahlili”, “Pythonda geoma’lumotlarni qayta ishlash”, “Kompyuterni tashkil etish”, “Kompyuter arxitekturasi” kabi fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari, ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
Ilmiy faoliyati davomida neyropedagogika, neyrodidaktika sohasida ilmiy maqolalar tayyorlab, xalqaro konferensiyalar va ilmiy nashrlarda o‘z tadqiqot natijalarini e’lon qilib kelmoqda. Hozirgi kungacha “Kompyuterni tashkil etish” nomli darslik, “Kompyuterni tashkil etilishi”, “Ma’limotlarni tiklash”, “Geoaxborot texnologiyalari” nomli o’quv qo’llanmali nashr etilgan.