Close
Skip to main content

Aliyev Oybek Azadovich

Aliyev Oybek Azadovich

Kompyuter injiniringi kafedrasi · Assistent o'qituvchi
oybek.aliyev.1989@gmail.com
+99 897 459 55 57
Ilmiy qiziqishlar:

Aliyev Oybek Azadovich 1989-yil 10-sentabrda Xorazm Viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda TATU Urganch filialі “Axborot servisi” yo‘nalishiga bakalavrlikka qabul qilingan.

Talabalik paytlarida, “Informatika va axborot texnologiyalari” sohasi bo‘yicha o‘qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy dasturlar (NeoBook, Camtasia Studio) yordamida o‘rgatuvchi dasturlar hamda videodarsliklar yaratishni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, boshqaruv, texnika hamda muhandislik sohasini tadbiq etishning zamonaviy vositasi hisoblangan MATLAB paketini o‘rgatish bo‘yicha videodarsliklar ishlab chiqdi. 2012 yilda boshqaruv nazariyasi, MATLAB hamda elektron darsliklar yaratishni zamonaviy usullarini integratsiyasini amalga oshirgan holda Camtasia, NeoBook zamonaviy dasturlarini va MATLAB paketlarini qo‘llab, “Boshqaruv nazariyasi elementlarining asosiy zvenolari” bo‘yicha interaktiv-o‘rgatish dasturini yaratdi va ushbu ishni o‘zining bitiruv malakaviy ishiga olib chiqdi.

2012-yilda TATU Urganch filialini bakalavriatura bosqichini bitkazib, 2013-yilda magistratura bosqichiga qabul qilindi. Bakalavrlik davrida qilgan ishlarini davom ettirib, ya’ni boshqaruv nazariyasi elementlari hamda MATLAB tizimini qo‘llagan holda, dotsent F.Yusupov rahbarligi ostida “Paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish jarayonini avtomatik boshqarish tizimini loyihalash” nomli ilmiy ish ustida ish olib bordi.

2015-yilda Magistratura bosqichini tugatdi, 2018-yildan 2025-yilgacha TATU Urganch filiali Kompyuter injiniringi fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2025-yildan 2026-yilgacha Urganch davlat universitetida ilmiy hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

U “Molodoy uchenyy” (Молодой ученый) jurnalida nashr etilgan ilmiy maqolalar muallifi (yoki hammuallifi). Asosiy tadqiqot yo‘nalishi — paxta xomashyosini birlamchi qayta ishlash (djinirovanie, linterlash va boshqalar) jarayonlarini matematik modellashtirish, optimallashtirish va avtomatlashtirish.

Asosiy ishlari (ma’lum bo‘lganlari):

“Автоматизация проектирования процесса математического моделирования задач текущего планирования производства первичной переработки хлопка-сырца в среде MATLAB” (2016) — MATLAB muhitida paxta-xomashyoni birlamchi qayta ishlashning joriy rejalashtirish masalalarini matematik modellashtirishni avtomatlashtirish haqida (hammuallif: Firnafas Yusupov).

“Анализ неопределенности информации для планирования основной деятельности производственного процесса первичной обработки хлопка” (2015) — paxta birlamchi ishlov berish jarayonida rejalashtirish uchun axborot noaniqligini tahlil qilish (hammuallif: Firnafas Yusupov).

Boshqa ishlar: paxta donini maydalash texnologik jarayonining noaniq mantiq (fuzzy logic) asosida texnik diagnostikasi algoritmlari, moy ekstraksiya ishlab chiqarish rejimlarini optimallashtirish modellari, tozalash va djinirovanie jarayonlarining matematik modellari.

Bu maqolalar paxta sanoatidagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, noaniqlik sharoitida boshqarish va MATLAB/Fuzzy Logic Toolbox vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan.

Not access