Close
Skip to main content

Taxirova Gulhayo Sardorbekovna

Taxirova Gulhayo Sardorbekovna

Kompyuter injiniringi kafedrasi · Stajyor o'qituvchi
gulhayo.taxirova@icloud.com
+998 97 6071408
Ilmiy qiziqishlar:

Taxirova Gulhayo Sardorbekovna – mutaxassisligi muhandis dasturchi, pedagog tadqiqotchi.

Talabalik davrida bir qancha start up loyihalarga menejerlik qilgan. “Yil talabasi 2023” viloyat g’olibasi. “Ashirova Anorgul” nomidagi soha stipendiyasi va “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi. 2023-yil “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

UI/UX dizayn, 3D Max (blender), photoshop, video montaj, mobilografiya, bo’yicha tajribaga ega. Shuningdek, nemis, ingliz tillarida B2, turk tilida C1, rus tilida B1 darajaga ega.

Taxirova Gulhayo maqola va tezislar ham chiqargan, Scopus ilmiy bazasiga kiruvchi 4 ta va OAK bo’yicha 20 ta maqolasi bor (h index Scopusda 1 ga teng, Google scholarda 3 ga teng). Ilmiy grantlarda tadqiqotchi stajyor sifatida faoliyat olib borgan. Masalan: “Smart city sensor infrastructure monitoring system” (grant muallifi: dsc. Yaxshimuratov Alisher), “XX asr Xorazm vohasining milliy va ma’naviy merosini tadqiq qilish va Haft shuaro to’plamini o’rganish orqali electron ariza (ingliz, rus, o’zbek tillarida) yaratish” (grant muallifi: prof. Xajiyeva Iroda).

Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi: “Mikroservisli arxitekturalarda samaradorlik va kengayuvchanlikni oshiruvchi usul va algoritm ishlab chiqish”bo’lgan ilmiy rahbari: phd. Hasanov Usmon.

Hozirda o’zi tahsil olgan oliygohda ilmiy pedagogik faoliyatini olib bormoqda.

Not access