Xujamov Jumanazar Urozmetovich – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Matematik tahlil” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U bakalavriat ta`lim yo’nalishlariga kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, matematik analiz, funksional analiz fanlaridan ma`ruzalar o’qiydi. Universitet talabalarini respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va qatnashishini ta`minlashda faol ishtirok qiladi. U o’zining ilmiy izlanishlarini ko’p kompleks o’zgaruvchili funksiyalarni golomorf davom qildirish nazariyasi,Karona masalasi, Diofant tenglamalarini o’rganishga bag’ishlangan. Uning ilmiy maqolalari respublika miqyosidagi OAK ro’yxatiga kirgan jurnallarda va xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chiqqan.
Hodim haqida ma'lumot (PDF)