Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Prezident farmon va qarorlari amalda


Joriy yilning 4-iyun kuni  Urganch davlat universitetida "Prezident farmon va qarorlari amalda" mavzusida Ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda universitet professor-oqituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari, blogerlar ishtirok etdilar. 
Urganch davlat universiteti PREZIDENT FARMON VA QARORLARI AMALDA
 
Ochiq muloqotda  UrDU O`quv-uslubiy boshqarma boshlig`i   G`.Matlatipov hamda Bosh yuristkonsult Sh.Atayevlar mavzu yuzasidan so`zga chiqdilar. Jumladan,   so`nggi yillarda qabul qilingan ta`lim tizimi xususan, Oliy ta`limga oid bo`lgan Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati, universitetda ushbu   farmon va qarorlarining ijrosi sifatida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy tillarga qaratilayotgan e`tibor, Kredit-modul tizimining  joriy qilinishi hamda unga bosqichma-bosqich o`tish bilan bog`liq chora-tadbirlar, universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar  haqida atroflicha ma`lumot berdilar.   
Urganch davlat universiteti PREZIDENT FARMON VA QARORLARI AMALDA
Shuningdek, ma`ruzachilar talabalarga ta`lim jarayoni bilan bog`liq o`z takliflari bilan murojaat qilishlarini so`rab, yaratilgan ushbu imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirdilar.
Urganch davlat universiteti PREZIDENT FARMON VA QARORLARI AMALDA
Ochiq muloqot qizg`in savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Talabalar va OAV xodimlari o`zlarini qiziqtirgan savollari yuzasida ma`ruzachilarga yuzlanib, tegishli javoblar oldi. Shuningdek, talabalar tomonidan muhim takliflar bildirildi.
 

Ulashish